Saida Mirziyoyeva Tatar davlat akademik teatrida konsert tomosha qildi

    Saida Mirziyoyeva Tatar davlat akademik teatrida Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri hamrohligida “Richter Trio” tomonidan ijro etilgan «Sands of Time» konsertini tomosha qildi.

    Prezident administratsiyasi rahbari «Olamlar orasidagi nur» koʻrgazmasi doirasida maestro Alibek Kabdurahmonov rahbarligidagi Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri hamrohligida «Richter Trio» tomonidan ijro etilgan «Sands of Time» konsertini tomosha qilgan. Konsert Gʻaliasqar Kamol nomidagi Tatar davlat akademik teatri sahnasida oʻtkazildi.

    «Ushbu dastur boy tarixga ega: uning premerasi 2023-yilda Berlinda boʻlib oʻtgan, keyinchalik Toshkent, London, Parij va Tokioda namoyish etilgan.
    Bu maftunkor musiqa Tataristonning eng muhim madaniy markazlaridan birida yangraganidan xursandman», deydi Saida Mirziyoyeva.