Saida Mirziyoyeva Tatariston raisi bilan uchrashdi

    Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi.

    Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Tatariston hududlari oʻrtasidagi jadal savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari muhokama qilindi.

    "Xalqlarimizning tarixiy yaqinligi va madaniyatlar mushtarakligiga asoslangan gumanitar aloqalarga alohida eʼtibor qaratdik. Oʻzbekistonda eng koʻp sonli tatar diasporasi istiqomat qilmoqda. Tatariston esa Rossiyada taʼlim sohasidagi asosiy hamkorlarimizdan biri hisoblanadi — bu yerda 3,5 mingdan ziyod oʻzbekistonlik yoshlar tahsil olmoqda.
    Samimiy qabul va ochiq muloqot uchun minnatdorman. Oʻzaro manfaatli hamkorligimiz yanada rivojlanishi va mustahkamlanib borishiga ishonaman", — deydi Saida Mirziyoyeva.