Saida Mirziyoyeva “Teach For All” noyob harakati asoschisi bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 24 Iyun 2025 794

    Shu yilning 24-iyun kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva butun dunyo boʻylab nafaqat taʼlim tizimini, balki jamiyat hayotini ham oʻzgartirayotgan “Teach For All” noyob harakati asoschisi Vendi Kopp bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Oʻtgan yildan boshlab “Teach For Uzbekistan” loyihasi “Teach For All” oilasiga qoʻshildi. Liderlik qobiliyatiga ega iqtidorli yoshlar esa mazkur harakatning bir qismiga aylanib bormoqda.

    Kopp xonim bilan Markaziy Osiyo mintaqamizni muhokama qildik. Taʼlim va xotin-qizlar huquqlari sohasida erishilgan salmoqli yutuqlarimiz borki, ushbu ijobiy tajriba yurtimizdan tashqarida ham keng yoyilishini istaymiz. “Teach For Uzbekistan” loyihasi — taʼlim yoʻnalishida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning muhim qismi boʻlib, mamlakatimizning olis hududlaridagi minglab bolalar hayotini yaxshilashga hissa qoʻshishiga ishonaman, — deb yozadi Prezident administratsiyasi rahbari oʻzining telegram kanalida.