Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.

«Davolash imkoni boʻlmagan bolalarga esa koʻzning notoʻgʻri rivojlanishi bilan bogʻliq asoratlardan qochishda yordam beriladi.

Bugun Toshkentga Jizzaxdan 11 nafar jasur va qatʼiyatli bemorlar olib kelindi. Ularning toʻqqiz nafarida jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladi, ikki nafariga esa koʻz protezlari qoʻyiladi.

Jami 478 nafar bola operatsiya qilinib, ularda 630 ta jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladi.

Biz har bir bola uchun kurashamiz va ularga yordam berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz», deb yozadi Saida Mirziyoyeva.