Prezidenti Administratsiyasi rahbari bugun, 10-dekabr kuni boʻlib oʻtgan konferensiyada teng huquqlilik va xotin-qizlar hissasining muhimligi gʻoyalari chuqur tarixiy ildizlarga ega ekani haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashgan.
Shuningdek, Oʻzbekistonda xotin-qizlarning taʼlim, tadbirkorlik sohalarida imkoniyatlarini kengaytirish va huquqlarini himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻzlab bergan. Xotin-qizlar huquqlarini hurmat qilish, bunda oʻzaro qoʻllab-quvvatlash va hamjihatlik muhimligini qayd etgan.
“Ishonamanki, birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan har bir ayol oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarishi uchun sharoit yarata olamiz”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva Telegram kanalida.











