Saida Mirziyoyevaning taʼkidlashicha, axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan bir paytda, qizlarning bu sohadagi faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash alohida ahamiyatga ega.

“Shu munosabat bilan yurtimizdagi barcha ilmga chanqoq, maqsadli, orzusi yoʻlida intilayotgan qizlarimizni samimiy muborakbod etamiz. Texnologiyalar dunyosida oʻz oʻrningizni toping, yangilik yarating, ilmiy izlanishlar bilan yurt shaʼnini yuksaltiring“, — deb yozadi Prezident yordamchisi oʻzining Telegram kanalida.