Prezident Administratsiyasi rahbari YUNESKO Kotibiyatiga hamkorlik uchun middatdorlik bildirdi. Oʻzbekiston YUNESKOning tinchlik, taʼlim va oʻzaro madaniyatlar almashinuvi yoʻlidagi ishonchli hamkori boʻlishda davom etayotgani qayd etildi.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ushbu tarixiy tadbirni Buyuk Ipak yoʻli markazida oʻtkazish tashabbusini bir ovozdan qoʻllab-quvvatlagani uchun barcha aʼzo davlatlarga samimiy minnatdorligimni izhor etaman, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.








