Sakkiz oylik chaqaloqni hayoti saqlab qolindi

    Salomatlik 10 Mart 2023 1922

    Bundan un olti kun muqaddam, tez tibbiy yordam xodimlar yordami bilan Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya boʻlimiga keltirilgan sakkiz oylik chaqaloq, boyovutlik Asliddinjon Berdiqulovning ahvoli maqtov darajada emasdi.

    Piyevmoniya sabab tana harorati oʻta baland, nafas olishida muammo bor, uning ustiga oʻtkir ichak inspeksiyasi chaqaloqda suvsizlanish holatini keltirib chiqargandi.

    Mazkur muassasaning reanimatsiya boʻlimi boshligʻi Sayfulla Allanazarov, infeksionist Faxriddin Hamidovlar tomonidan koʻrsatilgan, tezkor tibbiy yordam, aniq tashxis, koʻrsatilgan davo muolajalari sabab, chaqaloqning hayoti saqlab qolindi.

    — Bunday holga tushishiga, birinchidan pnevmoniya, ikkinchidan koʻkrak suti sabab boʻlgan, — deydi Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi bosh infeksionisti, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Bahrom Tursinov. — Ona, tushunmasdan, bilmasdan pnevmoniyaga chalingan, bolaga koʻkrak suti bergan. Ammo, lekin, emizmasdan oldin issiq, qaynoq tandirda non yopgan. Koʻkrakni sovutmasdan, sutni sogʻib tashlamasdan ichirgan. Bu esa, pnevmoniyaga chalingan bolada, oʻtkir ichak inspeksiyasi kasalligini kelib chiqishiga sabab boʻlgan. Eng muhimi, 2022-yil boshidan, shu bugungi kungacha muassasamizga 12 ming nafardan ortiq fuqarodan turli koʻrinishdagi murojaatlar kelib tushgan boʻlsa, shundan 5 600 nafar fuqaroga statsionar sharoitda davo muolajalari koʻrsatilib, ular salomatligini saqlab qolishga erishdik.

    Ayni vaqtda, Asliddinjon Berdiqulovning salomatligi ancha yaxshi. U mazkur muassasaning reanimatsiya boʻlimida, malakali va yetakchi tibbiy xodimlar, reanimatsiya hamshiralari nazorati ostida davolanyapti. Yaqin kunlarda unga, uning onasi Manzuraxon Aliqulovalarga oʻz uylariga qaytish uchun ruxsat beriladi.

    Shu oʻrinda, yosh onalarga muhim eslatma; yosh bolali ona eng birinchi galda oʻz salomatligiga eʼtiborli boʻlib, koʻkrakni har xil infeksiyalardan himoyalashi, Qaynoq tandir, yoki issiq ob-havo sharoitda koʻkrak sutini sogʻib tashlab, yuvib, tozalab, soʻng farzandiga bermogʻi lozim. Bu yosh, norasida goʻdakni sogʻ-salomat ulgʻayishiga, har xil infeksiyalardan himoya qilishga yordam beradi.

    Gʻulom Primov,

    Sirdaryo viloyat

    Sogʻliqni saqlash boshqarmasi

    matbuot kotibi.