“Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoya asosida amalga oshirayotgan islohotlarimiz natijasi barcha viloyatlar qatorida Sirdaryodagi ulkan oʻzgarishlarda ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Ilgari asosan qishloq xoʻjaligiga bogʻlanib qolgan bu zaminda sanoat, servis, turizm yoʻqdan bor boʻldi, biznes muhiti yaxshilanib, ilgʻor tadbirkorlar sinfi shakllandi», – dedi davlatimiz rahbari.
Sakkiz yilda Sirdaryoga 4 milliard dollar investitsiya kiritildi. Bu davrda 187 ta yirik quvvatlar ishga tushdi, 120 ming ish oʻrni yaratildi. 50 ga yaqin yangi mahsulot chiqarish yoʻlga qoʻyilib, sanoat 4 trilliondan 25 trillion soʻmga yetdi.
Minglab savdo-servis obyektlari tashkil qilingani natijasida xizmatlar hajmi 1,5 trilliondan 12 trillion soʻmga oshdi.
Oldin dotatsiyali boʻlgan Guliston, Yangiyer shaharlari, Boyovut, Mirzaobod, Sayxunobod, Sirdaryo va Xovos tumanlari xarajatini oʻzi qoplashga oʻtdi.









