Sakson yoshda “tugʻilgan” otaxon

    Inson hayotda koʻplab muammolarga duch keladi. Vaqtida amalga oshirilmagan ishlar yillar oʻtib, fuqaroni turli ovoragarchiliklariga duchor qilishi mumkin.

    Kosonsoy tumani “Ozod” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Muxtorxon Dadaxonov tuman FHDYO boʻlimiga ariza bilan murojaat qildi.

    Uning murojaati oʻrganilganda 1942-yilda tugʻilgan fuqaro turli sabablarga koʻra tugʻilganlik guvohnomasi qayd etilmagani maʼlum boʻldi.

    “Kosonsoy tuman FHDYO boʻlimida fuqaroning arizasiga muvofiq birinchi marta tugʻilganlik guvohnomasi qayd qilindi” deya keltiriladi Namangan viloyati adliya boshqarmasi xabarida.