Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi, IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida joriy yilning 14-fevral kuni nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi. Bu haqida Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabariga tayanib, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

Reyd davomida Shofirkon tumanining Gʻalaba choʻl massividan fuqaro O.I saksovul butalarini hech kanday ruxsatsiz sindirib olib kelayotgani aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 million 350 ming soʻm jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 1 million 890 ming soʻm hisoblandi.