Saksovulfurushlarni taqib qilish chogʻida hujumga uchragan inspektorlar taqdirlandi

    Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasining yetti nafar inspektori tabiatni muhofaza qilish borasidagi jasorat va fiodiyligi uchun “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

    Eslatib oʻtamiz, 15-iyul kuni Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Peshkoʻ tumanining “Safron” choʻl massivida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan edi.

    Reyd davomida inspektorlar saksovulfurushlarning jiddiy qarshiligiga duch kelishadi. Hattoki qonunbuzarlar inspektorlarga tan jarohati ham yetkazishadi. Ammo inspektorlar oʻz jonini xatarga qoʻyib boʻlsada ortga chekinmaydi va huquqbuzarlikka chek qoʻyilib, qatʼiy chora koʻriladi.

    Bugun Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasida fidoiy inspektorlarning mehnati munosib eʼtirof etildi — 7 nafar xodim «Tabiat himoyachisi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishdi.