Saksovulni noqonuniy olib ketayotganlar jazolandi

    Yashil sayyora 8 Yanvar 2021 663

    Xorazm viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirlarida qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan shaxslar aniqlanib, jazolandi.

    Jumladan, Yangiariq tumanida yashovchi S.S., Xiva tumanida yashovchi J.J. va Qoʻshkoʻpir tumanida yashovchi M.S. oʻz transport vositasida saksovulni noqonuniy olib ketayotgani aiqlandi.

    Barcha holat yuzasidan “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksning 79-moddasi, 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1,1 mln soʻm jarima hisoblandi.