Sal boʻlmasa, Budapeshtda qolib ketardi...

    Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining “ishonch telefoni"ga Navoiy shahri Islom Karimov koʻchasida yashovchi J.X shu yil 22-fevral kuni murojaat qilgan.

    Aytishicha, fuqaro 1-fevral kuni Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi aviakassadan “Toshkent/Istambul/Istambul Budapesht” yoʻnalishiga sherigi O.Gʻ bilan jami 21 million soʻmga chipta sotib olgan. 10-fevral kuni O.Gʻ ayrim sabablarga koʻra aviachiptadan foydalanolmasligini aytib chiptani bekor qilishni soʻragan. Aviakassa xodimlari fuqaro O.Gʻ ning aviachiptasi oʻrniga murojaat muallifining qaytish chiptasini bekor qilgan. Natijada J.X “Budapesht/Toshkent” yoʻnalishi uchun oʻz yonidan 15 million 889 ming soʻmga aviachipta sotib olib, qaytib kelgan.

    Federatsiyaning Toshkent shahri hududiy birlashmasi mutaxassislari murojaatni jamoatchilik asosida oʻrganib, fuqaro J.X ga 15 million 889 ming soʻm mablagʻini undirib berdi.