Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Urgut tumanida tezkor tadbir oʻtkazishdi.

Tadbir davomida, fuqaro F.Q. vazni 907,66 gramm boʻlgan “marixuana” giyohvandlik vositasini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida toʻxtatilib, ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.