Natijada, ushbu vagonda yuk kuzatuv hujjatlarida koʼrsatilmagan, aktsiz markalari mavjud boʼlmagan va bojxona nazoratidan yashirilgan umumiy qiymati 15 milliard soʼmlik 999 956 quti “MILANO” nomli sigaret mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlumot oʼrnida: oʼtgan oyda ham aynan mazkur bojxona posti orqali olib oʼtilayotgan 12,7 milliard soʼmlik 851 ming quti noqonuniy tamaki mahsuloti toʼxtatib qolingan edi.