Jumladan, Toshkent bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan poytaxtimizning Bektemir tumanida qator tezkor tadbirlar oʻtkazildi.
Dastlabki tezkor tadbirda “Lacetti” rusumli transport vositasi toʻxtatilib, belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada, transport vasitasining oʻrindiq va poliklari, orqa oyna ostida, yuk xonasi va boshqa qismlarida yashirilgan Oʻzbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan markalanmagan hamda qonuniy yoʻl bilan olib kirilganligini tasdiqlovchi xujjatlari boʻlmagan qiymati 60 mln. soʻmlik 3ming quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatidaolib qoʻyildi.
Mazkur tumanda oʻtkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda esa yana bir “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganida, uning orqa oʻrindiqlari, yuk xonasiga yashirilgan 29,8 mln. soʻmlik 1990 quti tamaki mahsulotlari borligi malum boʻldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.