Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan salomatlik aksiyasi va sayyor tibbiy qabullar doirasida Yunusobod tumani 51-Oilaviy poliklinika hududiga qarashli “Husniobod” mahallasida bosh shifokor G.I.Kodirova boshchiligida maqsadli tibbiy koʻrik oʻtkazildi.
Tibbiy koʻrik tor mutaxassislar kardiolog, endokrinolog, lor, okulist, jarroh, onkolog shifokorlari ishtirokida oʻtkazildi.
40 yoshdan oshgan aholi orasida glyukometriya tekshiruvlari oʻtkazildi. Tibbiy koʻrikdan jami 92 nafar fuqaro oʻtkazilib, shulardan 6 nafar bemorga uyda tibbiy koʻrik oʻtkazildi, bepul dori vositalari berildi. 2 nafar bemorga shahar shifoxonasida statsionar sharoitda davolanish uchun bepul yoʻllanma berildi. 5 nafar bemorga oilaviy poliklinika kunduzgi shifoxonasiga yoʻllanma berildi.