Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko'ra, yong'in natijasida 5 nafar odam jarohat olgan, 4 kishi vafot etgan. Jarohatlanganlardan biri O'zbekiston fuqarosi A.X. is gazidan zaharlanish, bosh yumshoq to'qimalarining lat eyishi tashxisi bilan N.I.Pirogov nomidagi 1-son shahar klinik shifoxonasida joylashtirilgan.
Vafot etganlarning shaxsi aniqlanmoqda.