Samarkand Half Marathon: Marafonda 1 kilometrdan 50 kilometrgacha yugurish mumkin

    Sport 30 Oktabr 2020 1385

    Samarqand viloyati Matbuot uyida 1-noyabr kuni Samarqand shahrida oʻtkaziladigan “Samarkand Half Marathon” (yarim marafon)ga tayyorgarlik jarayonlari boʻyicha brifingda shu haqda soʻz yuritildi.

    - Hozirgi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, musobaqani onlayn formatda oʻtkazyapmiz, - dedi Samarqand viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Shuhrat Roʻziyev. - Bu orqali respublikamiz, ayniqsa, viloyatimizda turizm sohasini yana-da rivojlantirish, dunyoning turli mamlakatlaridagi minglab odamlar eʼtiborini jalb qilishga erishish mumkin.

    Bu yil aniq belgilangan masofa yoʻq va har bir ishtirokchi 1 kilometrdan 50 kilometrgacha boʻlgan masofani oʻz xohishiga koʻra bosib oʻtadi. Yarim marafonda qatnashish istagida boʻlganlar 1-noyabrgacha www.samarkandhalfmarathon.uz saytida ishtirokchi sifatida roʻyxatdan oʻtishi mumkin.

    Milliy taʼlim va tarbiya tizimi rivojlantirish Uchinchi Renessans poydevorini yaratishning asosidir