Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

    Kuni kecha Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiga Malayziyaning rasmiy va ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

    Delegatsiyani institut rektori Shavkat Hasanov kutib oldi va institut faoliyati, bugungi kungacha erishilgan yutuqlari, mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirdi.

    Uchrashuv davomida soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligi sohasida salohiyatli kadrlar tayyorlash masalasi hamda ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari, jumladan, organik qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sertifikatlash, pestitsidlardan holi mahsulotlar arzon mahsulotlar ishlab chiqarish, mahsulotlarni qayta ishlash hajmini oshirish haqida muzokaralar olib borildi. Ikki tomon vakillari istiqbolli yoʻnalishlar, hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha fikr almashdi.

    Tashrif yakunida oʻquv va ilmiy sohada hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.


    Hamkorlik materiali