Dunyoning 20 ga yaqin tibbiy bilim yurtlaridan yetakchi olimlar va soha mutaxassislari maʼruza qilgan mazkur anjumanda zamonaviy tibbiyot, jumladan, yuqumli va parazitar kasalliklar, Covid-19 va OIV infeksiyasiga oid muammolari muhokama qilindi.

Tadbirni Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligining Yuqumli kasalliklar boʻyicha bolalar ilmiy-klinik markazi prezidenti, akademik Yuriy Lobzin, Ukraina Milliy tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Mixail Andreychin, Astraxan davlat tibbiyot universiteti prezidenti Xalil Galimzyanov, AQSHning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy markazi direktori Daniel Singer va boshqalar bevosita onlayn kuzatib borishdi.