Tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar kimyo yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, AQShning Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjarning nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo ilm-fani rivojiga qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etib, mazkur untversitetda tahsil olayotgan talabalardan, albatta, uning izdoshlari chiqishiga ishonch bildirishdi.
Yig‘ilganlar laboratoriyadagi imkoniyatlar, talabalar amaliyoti uchun keltirilgan jihozlar bilan tanishdi.
Shuningdek, professor Aziz Sanjar universitet talabalari bilan muloqot qilib, ilm-fanning hayotidagi o‘rni, O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. Suhbat davomida olim yoshlarga hayotiy tavsiyalarini ham berdi.
“Muvaffaqiyat Nobel mukofotini olish emas, balki Vataningizga, xalqingizga va insoniyatga xizmatda bo‘lishdir. Xoh oddiy bir kasb egasi, xoh Nobel laureati bo‘ling — o‘z vazifangizni mukammal bajarsangiz, xalqingiz sizdan rozi bo‘lsa, chinakam mukofot shudir!” -deydi u.