Samarqand limonlari dunyo bozorida o‘z xaridorlarini topmoqda

    Samarqand viloyatidan xorijga umumiy qiymati 99,5 ming AQSh dollari bo‘lgan qariyb 80 tonnadan ziyod limon mahsulotlari eksport qilingan.

    Respublikamizda limonchilik sohasini isloh qilish, limonzorlar maydonini yanada kengaytirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish hajmini ko‘paytirishga erishilmoqda. Bugun bobodehqonlarimiz tomonidan yetishtirilayotgan limonlarning xorijda ham xaridorlari soni ortib bormoqda.

    Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Samarqand viloyatidan xorijga umumiy qiymati 99,5 ming AQSh dollari bo‘lgan qariyb 80 tonnadan ziyod limon mahsulotlari eksport qilingan.

    Bu ko‘rsatgichda eksportchi korxonalarning ulushi yuqori bo‘lib, viloyatda yetishtirilgan limonlar bugun dunyo bozorida o‘z xaridorlarini topmoqda. Ayniqas, Samarqand limonlarini Rossiya, Afg‘oniston va Qozog‘iston kabi davlatlarning savdo rastalarida ko‘rishingiz mumkin.