Qayd etilishicha, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining koʻmagi bilan “Samarqand noʻxat shoʻragi” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Salohiddin Sattarov bugun Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga “Samarqand noʻxat shoʻragi” geografik koʻrsatkich hujjatini topshirdi.









