Samarqand Oʻzbekistonda YETTBning “Yashil shaharlar” dasturiga qoʻshilgan birinchi shaharga aylandi

    Transport 17 May 2023 1196

    YETTB Boshqaruvchilar Kengashining 32 yillik yigʻilishining 2-kunida Oʻzbekiston hukumati va YETTB oʻrtasida Samarqand shahrida elektrobuslar qatnovini yoʻlga uchun 49 million dollargacha miqdorda suveren kredit ajratish toʻgʻrisida Bitim imzolandi.

    Ajratilgan mablagʻ zaryadlovchi qurilmalar bilan birga 100 tagacha oʻrta oʻlchamdagi (10,5 m) elektrobuslarni sotib olish, shuningdek, elektravtobuslar parki, elektr stansiyasi, foydalanish uchun maʼmuriy binolar va texnik xizmat koʻrsatish obyektlarini oʻz ichiga olgan zarur infratuzilmani yaratish uchun ishlatiladi.

    Bu “Samarqand — yashil shahar” (GCAP) harakat rejasidagi birinchi loyiha boʻlib, barqaror rivojlanish istiqbollari va strategik maqsadlarni hamda ustuvor ekologik muammolarni hal qilish uchun zarur boʻlgan harakatlar va investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradigan muhim qadamdir.