Paxtachi tumanida aholi soni 146 mingni, xonadonlar soni – 30,789 mingtani tashkil qiladi.
Bugungi kunda tumanda aholiga interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida 8 ta aloqa boʻlimlarida 16 turdagi elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, 10 ta pochta aloqasi boʻlimlarida autsorsing asosida bank xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan.
Narpay tumanida esa aholi soni Paxtachi tumani aholisidan koʻp – 212,94 ming nafar, xonadonlar soni – 34,92 mingtadan iborat.
Bugungi kunda tuman boʻyicha jami 11 ta pochta aloqa boʻlimlari aholiga pochta aloqa xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda.
Samarqand viloyatida joriy yilda AKTni rivojlantirishga 197,5 mlrd. soʻm mablagʻlar yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan. Jumladan, Paxtachi, Payariq va Qoʻshrabot tumanlaridagi pochta aloqa bogʻlamalari raqamli transformatsiya qilinadi va ularda 16 turdagi Elektron hukumat va bank xizmatlari koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi.









