ShHTning Samarqand sammiti oldidan qanday madaniy tadbirlar bo'lib o'tadi?

    10 avgustdan 10 sentyabrga qadar “Xalqaro haykaltaroshlar simpoziumi” bo'lib o'tadi.

    Joriy yil sentyabr` oyida o'tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Samarqand sammitiga tayyorgarlik ko'rishga qaratilgan “Samarqand ruhi” loyihasi doirasida qator tadbirlar tashkil etiladi.

    Jumladan, 10 avgustdan 10 sentyabrga qadar “Xalqaro haykaltaroshlar simpoziumi”, 5 avgustdan 19 avgustga qadar “Samarqand ShHTga a'zo davlatlar rassomlari nigohida” nomli ko'rgazma, 15 avgustdan 29 avgustga qadar “Samarqand ShHTga a'zo davlatlarning etakchi fotosuratchilari nigohida” nomli fotoko'rgazma o'tkaziladi.

    ShHT doirasida o'tkazilayotgan ushbu tadbirlarga 8 nafar xorijiy ( Rossiya, Xitoy, eron, Hindiston, Gruziya, Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'izistondan) hamda 6 nafar mahalliy haykaltaroshlar ishtirok etishi kutilmoqda.

    “Samarqand ShHTga a'zo davlatlar rassomlari nigohida” ko'rgzamasiga 32 nafar xorijiy, 4 nafar mahalliy rassom, “Samarqand ShHTga a'zo davlatlarning etakchi fotosuratchilari nigohida” nomli fotoko'rgazmaga 16 nafar xorijiy hamda 2 nafar mahalliy taniqli fotosuratchilar taklif etilgan.