Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, M1 raqamli “Temiryoʻl vokzali – Samarqand xalqaro aeroporti" shahar avtobus yoʻnalishi Samarqand temiryoʻl vokzalini Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulugʻbek, Boʻstonsaroy, Ibn Sino nomli koʻchalar orqali Samarqand xalqaro aeroporti bilan bogʻlaydi.

M3 raqamli “Doʻstlik mahallasi – Boqiy shahar” shahar avtobus yoʻnalishi “Doʻstlik” MFYdan boshlanib, “Boqiy shahar”gacha boʻlgan masofani qamrab oladi.

30–raqamli “Toshkent” MFY – Yangiobod qoʻrgʻoni – Qorasuv massivi” shahar avtobus yoʻnalishi esa “Toshkent” mahallasini Shabod, usta Umar Joʻraqulov, Shohi Zinda, Rudakiy, Motrid, Yangiobod, Oʻzbekkenti koʻchalari orqali Qorasuv massivi bilan bogʻlaydi.