Samarqand shahrida ikkita yer osti yoʻli va ikkita koʻprik quriladi

    Transport 1 Mart 2023 1206

    Yer osti yoʻlining biri Gagarin—Mirzo Ulugʻbek chorrahasida, ikkichisi Gagarin—Roʻdakiy koʻchalari chorrahasida quriladi.

    Gagarin koʻchasidan boshlangan yoʻlning Qorasuv massivigacha boʻlgan qismida - temiryoʻl va Siyob arigʻi ustida ikkita koʻprik quriladi. Koʻpriklarning uzunligi 78 va 165 metr boʻladi. Qurilishlar joriy yilda boshlanadi.

    Koʻprik va yer osti yoʻllarini barpo etish boʻyicha oʻtkazilgan tenderlarda “Meʼmor Utkir Covka LLC” (Oʻzbekiston) va “Shaanxi Road and Bridge Group Co., Ltd” (Xitoy) kompaniyalari gʻolib boʻlgan.