Samarqand shahrida moliyaviy piramida tashkil etgan MCHJ aniqlandi

    Xavfsizlik 18 Noyabr 2023 1175

    Aniqlanishicha, ular jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jalb etish uchun “lnstagram” ijtimoiy tarmogʻida oldindan 20 foiz toʻlov qilib 5 xil turdagi kreditlarni uzoq muddatga olish mumkinligi haqida eʼlonlar bergan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro H.H. va boshqalar “Samarqand credit” nomli MCHJni tashkil etgani maʼlum boʻldi.

    Aniqlanishicha, ular jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jalb etish uchun “lnstagram” ijtimoiy tarmogʻida oldindan 20 foiz toʻlov qilib 5 xil turdagi kreditlarni uzoq muddatga olish mumkinligi haqida eʼlonlar bergan.

    Shu orqali 45 nafar fuqaroga kredit ajratish evaziga 20 foizlik dastlabki toʻlov sifatida jami 479 mln soʻm naqd pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 188-1-moddasi (pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.