Samarqand shahrida Qozog‘iston Respublikasining Bosh konsulligi ochiladi

    Xalqaro hamkorlik 24 Sentabr 2020 949

    Tegishli farmon qo‘shni respublika prezidenti Qosim-Jomart Tokayev tomonidan chorshanba kuni imzolandi. 

    "Samarqand shahrida (O'zbekiston Respublikasi) Qozog'iston Respublikasining Bosh konsulligi ochilsin. Qozog'iston Respublikasi Hukumati ushbu farmondan kelib chiqadigan zarur choralarni ko'rsin", - deyiladi farmonda.

    Ushbu farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.