Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.

Ushbu mehmonxona uchun 5 475 205 190 soʻm boshlangʻich narx belgilangan va bir qator shartlar kiritilgan.

Jumladan, 12 million AQSH dollari sarmoya kiritish, 100 ta yangi ish oʻrni yaratish, 2021-yil yakuniga qadar 280 nomerli, shundan kamida 1 tasi “Prezident nomerli” mehmonxona tashkil etish, bunda xizmat koʻrsatish darajasini kamida 4 yulduzli xalqaro standart mehmonxonalarga mos keladigan meʻyorlarga etkazish lozim.

Oʻrnatilgan tartibda arxitektura qoidalariga muvofiq rekonstruktsiya qilish masalalarini Madaniyat vazirligi va YUNESKO bilan kelishish sharti bilan mulkiy majmuaga tegishli hududni zarur infratuzilma va avtoturargohni hisobga olgan holda obodonlashtirish kerak.

Barcha kreditorlik qarzdorliklarini toʻlab berish sharti qoʻyilgan.