баннер
25 Apr 2025
02:32

    Samarqand shahridagi jamoat transportida yoʻlkira narxi oshdi

    2025-yil 15-apreldan boshlab, Samarqand shahar jamoat transportida yoʻlkira narxlari oʻzgardi.

    Endi yoʻlovchilar shahar hududida shahar yoʻlovchi transporti — avtobus, elektrobus va tramvaylardan foydalanganda yoʻl haqini naqd pul orqali 3 ming soʻm, bank plastik va yagona transport kartalari (ATTO) orqali esa 2000 soʻm toʻlaydi.

    Bu boʻyicha Samarqand viloyati hokimining tegishli qarori qabul qilindi.

    Qarorga asosan aholi, pensioner va nogironlar, talaba va oʻquvchilar hamda jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega shaxslar uchun alohida tariflar belgilandi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech