Samarqand shahridagi koʻp qavatli uydagi xonadonlarning birida chaqnash sodir boʻldi

    Bugun, 9-sentyabr kuni soat taxminan 17:30 larda Samarqand shahri Beruniy koʻchasida joylashgan 86-uyning 3-qavatidagi xonadonlardan birida gaz chaqnashi sodir boʻlgan.

    Hodisa yuzasidan Samarqand viloyati favqulotda vaziyatlar boshqarmasi dastlabki maʼlumotlarni taqdim qildi.

    Qayd etilishicha, sodir boʻlgan chaqnash oqibatida ikki nafar fuqaro tanjarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. Yongʻin sodir boʻlmagan.

    Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yongʻin-qutqaruv ekipajlari, IIB, Prokuratura, “Hududgaztaʼminot” va SSB xodimlari chiqishgan.

    “Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.