Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berilgan.
"Shunga koʻra, 6 ta yongʻin qutqaruv ekipaji jalb qilindi va voqea joyiga soat 22:57 da yetib borib, soat 23:55 da yongʻin toʻliq bartaraf etildi. Yongʻin kutubxonaning maʼmuriy binosida sodir boʻlgan, oqibatda binoning shift va tom qismi qisman yonib zararlangan, kutubxonadagi kitoblarga hech qanday zarar yetmagan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yongʻinning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda", deyiladi viloyat FVB xabarida.
Ushbu yongʻin kutubxonaning maʼmuriy binosida sodir boʻlgan hamda kutubxonadagi kitoblarga hech qanday zarar yetmagan
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq.