Samarqand viloyatida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi “Maroqand trans 777” MCHJ Xitoy Xalq Respublikasining “King Long” avtozavodi bilan 80 dona avtobus sotib olish boʻyicha kelishuvga erishgan edi.
Bugun Samarqand shahriga ushbu avtobuslarning dastlabki 20 tasi olib kelindi. Yangi olib kelingan avtobuslar shahar ichi yoʻnalishlarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishi rejalashtirilgan, deya xabar beradi Transport vazirligi Axborot xizmati.









