Joriy yilning sentyabr oyida Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti Samarqand shahrida oʻtkazilishi munosabati bilan, 14-sentyabrdan 17-sentyabrga qadar Samarqand shahrining Ibn Sino, Boʻstonsaroy, Universitet hiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Roʻdakiy, Shoxizinda, Usto Umar Joʻraqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulugʻbek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed koʻchalarida transport vositalarining harakati cheklanadi.
Harakat qatnovi cheklangan koʻchalarda tez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar boʻlinmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.
14-15-16 va 17-sentyabr kunlari Samarqand shahriga kelmoqchi boʻlgan fuqarolardan tashriflarini boshqa muddatga koʻchirishlari soʻraldi.
Boisi, shu kunlari Samarqand shahriga kirish vaqtinchalik cheklanadi.
Shuningdek, viloyat hududidan tranzit oʻtuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etilganligini va maxsus flayerlar ishlab chiqildi.