Joriy yil 1-dekabrgacha Samarqand viloyatida jamoat transporti qatnovi yetib bormagan 61 ta mahallani tuman markazlariga bogʻlash uchun jamoat transporti qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Samarqand shahri aholisining jamoat transportiga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib, xizmatlar sifatini oshirish uchun shaharning jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomillashtirish bosh rejasi ishlab chiqiladi.

Viloyat hududiga kirish postlarida “Damas” rusumli avtomobillarda  avtotransport vositalaridagi turgʻun manbalar va umumiy ifloslanish (fon) darajasini aniqlovchi uskunalar bilan toʻliq jihozlangan 3 ta mobil laboratoriya avtomashinalari bilan taʼminlanadi.