Holat yuzasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Holat boʻyicha Respublika tez tibbiy yordam markazi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganishlar davomida aniqlanishicha, mazkur avtomashina tez tibbiy yordam xizmatiga emas, balki Samarqand shahrida faoliyat koʻrsatayotgan xususiy klinikalardan biriga tegishli ekanligi hamda undan bemorlarni davolash uchun shifo maskaniga olib kelish, yashash manziliga eltib qoʻyish va mobil tibbiy yordam koʻrsatish maqsadlarida foydalanib kelingani aniqlandi.
Klinika vakillarining izohlashicha, ushbu tadbirkorlik subyektiga qarashli xoʻjalik avtomashinasi harakatlanish chogʻida yoʻlda buzilib qolgan, oqibatda yukni manzilga yetkazish uchun fotosuratda aks etgan transport vositasidan foydalanishga toʻgʻri kelgan.