Samarqand va Jizzaxda kuchli yomgʻir sabab elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda

    Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomgʻir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.

    Soat 06:45 da Samarqand viloyatida yuz bergan kuchli yomgʻir oqibatida 6-10 kVli 15 ta elektr uzatish tarmogʻi avariyaviy oʻchgan.

    Buning natijasida Urgut va Pastdargʻom tumanlari isteʼmolchilari qisman (13 ming 700 ta) va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan.

    Ushbu nosozlik soat 10:03 da bartaraf etilib, isteʼmolchilarning elektr taʼminoti toʻliq tiklandi.

    Shuningdek, soat 07:50 da Jizzax viloyatida yuz berayotgan kuchli yomgʻir oqibatida 6-10 kVli 11 ta elektr uzatish tarmogʻi avariyaviy oʻchgan.

    Buning natijasida Baxmal, Gʻallaorol, Paxtakor va Zomin tumanlari isteʼmolchilari qisman (2 ming 250 ta) elektr taʼminotidan uzilgan.

    Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomgʻir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.

    Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraldi.