Natijada, xonadonda kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 437 gr. “geroin” moddasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Boshqa holatda esa Urgut tumanida yashovchi, 1981 va 1997 yillarda tug‘ilgan ikki fuqaro qo‘lga olinib, ulardan ham kelgusida sotilishi rejalashtirilgan 995 gr. “opiy” moddasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. 

Uchinchi holatda esa Urgut tumanida istiqomat qiluvchi,  1987 va 1997 yillarda tug‘ilgan ikki fuqaro 581 gr. “opiy” moddasini 6 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Surxondaryo–Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi “Sirdaryo” YPX maskanida to‘xtatildi.

1992 va 1996 yillarda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan 3 nafar fuqaro ketayotgan mazkur avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida bo‘lgan qopdagi guruch ichida 1 kg. “gashish” moddasi borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Ta’kidlash lozimki, barcha holatlarda narkotik moddalar mamlakatimizga Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.