Davlat mehnat inspeksiyasi  mazkur masala yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq, pedagog xodimlarni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga majburiy tarzda jalb etish taqiqlanganini eslatib o‘tdi.

Agar bunday tashabbus amaliyotga joriy etilsa va professor-o‘qituvchilar o‘z vazifasiga daxldor bo‘lmagan ishlarga jalb qilinsa, bu majburiy mehnat holati sifatida baholanishi mumkinligi ta’kidlandi.

INspektsiya shu munosabat bilan Adiz Boboevga pedagoglarni kasbiy faoliyatiga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb etish qonunchilikka zid ekani hamda bunday holatlar uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangani haqida rasmiy ogohlantirish yuborganini ma’lum qildi.

Mutasaddilar har qanday ijtimoiy yoki iqtisodiy tashabbusni amalga oshirishda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, pedagoglarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Ularga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari asosiy e’tiborini ilm-fan, ta’lim sifati va talabalar tayyorlashga qaratishi lozim.