Samarqand viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

    Aripov Tohir Toʻlqinovich Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Mazkur tayinlovga qadar Tohir Aripov Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

    Shuningdek, Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan Haydarov Neʼmatilla Ibragimovich viloyat IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan.