Shunday tadbirlar filial komplayens nazorat tuzilmalari, tuman/shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ishtirokida Samarqand viloyati Ishtixon tumanida ham oʻtkazildi.

Tumanning “Besh ariq” MFYda joylashgan YTT A. R. ga qarashli binoda xatlov oʻtkazilganda, isteʼmolchi taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, loyiha-texnik hujjatlarisiz “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 432 million 619 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.