Tadbirda, fuqaro E.T. tegishli hujjatlari boʻlmagan Hindiston davlatida ishlab chiqarilgan 434 quti “Vabenzim-E” nomli dori vositasini fuqaro Sh.ga 138,8 mln soʻmga sotishga kelishib, evaziga 12 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.