Samarqand viloyatida infratuzilmaviy obyektlarni qurish ishlarining borishi oʻrganildi

    Mamlakatimizda 1 Iyul 2022 1390

    Joriy yil 30-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov rahbarligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy rivojlanishining bugungi holatini oʻrganish maqsadida mazkur hududga joʻnab ketdi.

    Tashrif davomida bir qator yirik infratuzilmaviy obyektlar, jumladan, “Samarkand Touristic Centre” turistik majmuasini qurish ishlarining borishi oʻrganildi.

    Taʼkidlash joizki, joriy yilda Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining Sammiti hamda Turkiy tilli davlatlar tashkilotining Sammiti boʻlib oʻtadi, 2023-yilda esa Samarqand Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining yillik yigʻilishi oʻtkaziladigan makonga aylanadi.

    Joylarga tashriflar chogʻida qurilish-montaj ishlarining borishi oʻrganilib, rejalashtirilgan tadbirlarni tashkil qilishning turli jihatlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

    Qurilayotgan obyektlarni ishga tushirishni jadallashtirish maqsadida yuzaga kelayotgan barcha masalalar ustida ish olib borish va ularni hal etish boʻyicha ishlarni faollashtirish topshirildi.

    Ishchi guruh viloyatda oʻz ishini davom ettiryapti, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.