Joriy yil sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilgan muhim xalqaro siyosiy tadbir munosabati bilan Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining qaroriga ko‘ra, Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga, shuningdek, Oqdaryo, Toyloq, Samarqand tumanlarining mahalliy kengashlari qarorlari va Jomboy tuman hokimligining tegishli farmoyishiga asosan, Samarqand tumanidagi 3 ta (7, 23, 53), Toyloq tumanidagi 5 ta (11, 12 , 15, 17, 59), Oqdaryo tumanidagi 5 ta (25, 38, 39, 41, 48), Jomboy tumanidagi 6 ta (5, 6, 8, 22, 20 va 44) umumta’lim maktablariga 5-19-sentyabr kunlari navbatdan tashqari ta’til berilib, qoldirilgan dars soatlari o‘quv yili davomida beriladigan ta’tillar hisobiga qoplanishi belgilangan edi.
Shunga ko‘ra, muassasalarda qoldirilgan darslar kuzgi ta’til (4, 5, 7 va 8 noyabr hisobidan, 9, 10, 12, 13, 14 sentyabr kunlari qoldirilgan darslar o‘rni qishki ta’til kunlarining oxirgi 5 kuni hisobidan, jami 5 o‘qish kuni;
2022-yilning 15, 16 va 17-sentyabr kunlari qoldirilgan dars mashg‘ulotlari o‘rni 2023 yil bahorgi ta’tilning oxirgi 3 o‘qish kuni hisobidan to‘ldirilishini ma’lum qilamiz.