баннер
1 Apr 2025
02:35

    Samarqand viloyatining qator tuman va shaharlari chegaralari oʻzgartiriladi

    Amaldagi 252 gektardan iborat “Shirin” mavzesi hududi kengaytirilib, jami 665 gektar maydonni tashkil etadi.

    Senatning yalpi majlisida parlament yuqori palatasi aʼzolari tomonidan “Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi masala qizgʻin muhokama qilindi.

    Majlisda Senatorlar koʻrib chiqqan masalada Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidan 243 gektar, Samarqand tumanidan 170 gektar, jami 413 gektar yer maydoni Samarqand shahri tarkibiga oʻtkazilishi nazarda tutilmoqda.

    Natijada amaldagi 252 gektardan iborat “Shirin” mavzesi hududi kengaytirilib, jami 665 gektar maydonni tashkil etadi.

    Muhokamalar jarayonida tasdiqlangan master reja boʻyicha hududda 180 ming aholiga moʻljallangan jami 60 mingta xonadondan iborat 254 koʻp qavatli uylar, 45 ijtimoiy soha obyekti qurilishi maʼlum qilindi.

    Mazkur “Shirin” shaharchasida bunyodkorlik loyihalarini amalga oshirish muddatlari aniq rejalashtirilgan va qurilish ishlari uch bosqichda olib boriladi.

    Eʼtiborli jihati “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi toʻliq barpo etilishi natijasida turli sohalarda 50 mingga yaqin aholi uchun yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

    Senatorlarning yakdil fikriga koʻra, viloyatdagi chegaralarning oʻzgartirilishi Samarqand shahrining meʼmoriy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, shaharning turizm salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarni jadal rivojlantirishni taʼminlash va eng asosiysi aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

    Muhokama soʻngida Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech