Buning asosiy omili aviakompaniyalar bilan hamkorlikni samarali rivojlantirish, shuningdek, yangi hamkorlarni jalb qilish hisoblanadi. Shu tariqa Samarqand aeroporti mintaqadagi asosiy transport markazi sifatidagi mavqeyini mustahkamlamoqda.
2024-yilda yoʻlovchi oqimining asosiy oʻsishi xalqaro yoʻnalishlarga toʻgʻri keldi, ularda 1,31 milliondan ortiq yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatildi.
Oʻtgan yili ochilgan yangi yoʻnalishlar orasida: Sian (Xitoy), Sharm-al-Shayx (Misr), Turkiston (Qozogʻiston), Tyumen, Nijniy Novgorod va Irkutsk (Rossiya) bor.
Samarqand xalqaro aeroporti terminalini boshqaruvchi “AIR MARAKANDA” kompaniyasi axborot xizmatining xabar berishicha, oʻtgan yilda aeroportda quyidagi yangiliklar joriy etilgan.
— Nogironligi boʻlgan yoʻlovchilar uchun maxsus qoʻngʻiroq tugmachasi oʻrnatilgan boʻlib, uning yordamida xodim bilan darhol bogʻlanish va zarur yordam olish mumkin.
— Terminalda bepul yuk tarozilari paydo boʻldi, bu esa parvozga tayyorgarlik jarayonini sezilarli darajada soddalashtirdi.
— “Hertz”, “SIXT” va “Europcar” xalqaro avtomobil ijarasi boʻyicha uchta tunu kun ishlaydigan shoxobcha ochildi.
— Qoʻshimcha SIM-karta savdo nuqtalari, aksessuarlar va zargarlik buyumlari doʻkonlari paydo boʻldi. Terminalda yangi kafelar va qandolatxonalar tashkil etildi, bu esa aeroportda yoʻlovchi va mehmonlar uchun yanada qulaylik yaratadi.
Bundan tashqari 2025-yilda aeroportda yangi yoʻnalishlarni ochish, aeroport infratuzilmasini yanada modernizatsiya qilish va yoʻlovchilarning aeroport bilan oʻzaro aloqasini osonlashtirish rejalashtirilgan.